Rasmiy kafolat

barcha mahsulotlar uchun

O'zbekiston bo'ylab

yetkazib berish

Eng yaqin do'kondan

olib ketish

Qulay muddatli to'lov

boshlang’ich to'lovsiz

8PJ20EA

8PJ20EA
8PJ20EA
8PJ20EA
8PJ20EA
8PJ20EA
8PJ20EA
35
231: HP
  • SKU 3072


















219219

220 Noutbuklar

HP 14s-dq1012ur 8PJ20EA noutbugi

Katta 35.6 sm (14") ekranli ishonchli HP noutbugi kun davomida veb-sahifalarni ko'rish, video translyatsiya qilish va ko'plab boshqa vafizalarni bajarish imkonini beradi. Qayerda bo'lishingizdan qat'i nazar yuqori mahsuldorlikni saqlab qoling va vaqtingizni maroqli o'tkazing. Ushbu ingichka va yengil noutbuk qalinligi 6,5 mm bo'lgan ingichka hoshiyali ekran bilan jihozlangan, uning o'lchami korpusga nisbatan 78% ni tashkil etadi. Endi siz qayerda bo'lishingizdan qat'i nazar ko'proq ma'lumotlarni ko'rib chiqishingiz va yanada samarali ishlashingiz mumkin. Bu Intel® protsessori va ishonchli flesh-xotira bilan jihozlangan kompyuter hamyonbop narxi bilan farq qilib, sizning eng yuklangan kunlaringiz uchun yetarli quvvatni taqdim etadi. Akkumulyatordan uzoq vaqt ishlash imkoniyati va tezkor zaryad olish texnologiyasi tufayli bu noutbuk bilan siz o'yin o'ynashingiz, video tomosha qilishingiz va butun kun davomida aloqada qolishingiz mumkin. Bir nechta barmoqlar bilan ishoralarni tanishni qo'llab-quvvatlovchi integratsiyalangan yuqori aniq tachpad boshqaruvni tezlashtirish va mahsuldorlikni oshirish imkonini beradi. O'z samaradorligingizni oshirish uchun butun quvvat va yuqori mahsuldorlikdan foydalaning. Sizni o’ziga rom qiluvchi ko’ngilochar dasturlar va o’yinlardan unutilmas taassurotlar oling, video translyatsiya qiling va yuqori mahsuldorlikda kontent yarating. PCIe interfeysli 256 Gbaytgacha sig’imli flesh-xotiralar noutbuklarning standart qattiq disklari bilan taqqoslaganda 17 barobar tezroq ishlaydi (5400 ayl/daq). Istalgan burchakdan tasvirning ajoyib aniqligiga baho bering. Keng ko’rish burchagi 178° va 1920 x 1080 yuqori o’lchami tufayli tasvir ekranda istalgan tomondan ajoyib ko’rinishga ega bo’ladi. Eng mashhur USB uyalar mavjudligi tufayli siz istalgan USB qurilmalarni ulay olasiz, bunda ma’lumotlarni uzatish tezligi USB 2.0 bilan taqqoslaganda 10 barobar yuqori bo’ladi. Wi-Fi va Bluetooth® ni qo’llab-quvvatlaydigan qo’shimcha modullar tufayli doim aloqada qoling. Tovushni balandroq qilishdan cho’chimang, bu uning sifatiga ta’sir qilmaydi. Tovush uni to’liq his qila olishingiz uchun bevosita siz tomonga yo’naltiriladi. Tasvirning ajoyib sifati tufayli hatto yomon yoritilgan sharoitda ham videochat tirik muloqotga maksimum yaqin bo’ladi. Bu qurilma uchun biz ingichkalashtirilgan hoshiyali kengaytirilgan ekrandan foydalandik. Ular deyarli ko’rinmaydi va bu yanada ko’p taassurot uyg’otadi. Ushbu ingichka va yengil noutbuk o’zingiz bilan olib yurishda qulay va xizmat safarlari vaqtida ajoyib yordamchiga aylanadi. Endi siz mahsuldorligi bo’yicha stol kompyuterlariga umuman yutqazmaydigan ushbu SHK ni doim o’zingiz bilan olishingiz mumkin. Bunday displey hali bo’lmagan. Ingichka hoshiyali dizayn tufayli yirikroq tasvirdan maroqlaning. Kattalashtirilgan ko’rish sohasi ta’sirlantiruvchi multimedia olamiga sho’ng’ish imkonini beradi. Ikki tomonga yo’naltirilgan mikrofon va shovqinni so’ndirishning yaxshilangan DT i videoqo’ng’iroqlar yoki audio yozish vaqtida tovushning yuqori sifatini kafolatlaydi. Endi siz noutbuk zaryad olishini bir necha soat kutmaysiz. O’chirilgan qurilmaning akkumulyatorini 0 dan 50% gacha bor yo’g’i 45 daqiqada quvvatlash mumkin.

 

*Mahsulotning to'plami va rangini sotuvchidan aniqlashtirib oling.

    13

    105




































      15

      2023 © «idea.uz - интернет-магазин»