Rasmiy kafolat

barcha mahsulotlar uchun

O'zbekiston bo'ylab

yetkazib berish

Eng yaqin do'kondan

olib ketish

Qulay muddatli to'lov

boshlang’ich to'lovsiz

REDMI 8 4/64GB

REDMI 8 4/64GB
REDMI 8 4/64GB
REDMI 8 4/64GB
REDMI 8 4/64GB
REDMI 8 4/64GB
REDMI 8 4/64GB
REDMI 8 4/64GB
REDMI 8 4/64GB
REDMI 8 4/64GB
REDMI 8 4/64GB
deliverydeliverydelivery
35
231: Xiaomi
  • SKU 1734


















Xiaomi Redmi 8 BLUE smartfoni

Yangi avlod akkumulyatori va foydalanuvchilarga qulay displey Redmi 8-ni smartfon, kamera, elektron kitob va hattoki maishiy texnikani masofadan boshqarish pultini birlashtirgan ko‘p funksiyali qurilmaga aylantiradi. Undan foydalanib qo‘ng’iroq qilish, yozish, internetni kuzatish, kitob o‘qish, radio tinglash, kino tomosha qilish, elektr choynakni, robot changyutgich va kir yuvish mashinasini yoqish mumkin. Redmi 8-ni barmoq izi skaneri bilan himoyalash oson — barcha muhim maʼlumotlar maxfiy boʻlib qoladi. .

 

Kuchli akkumulyator: qayta zaryadlash haqida tashvishlanmang

Redmi 8 akkumulyatorining sig’imi oldingi avlodga nisbatan 25% ga oshirildi — 5000 mA/soatgacha. Qayta zaryadlashsiz 3 kungacha faol foydalanish, 25 kungacha avtonom rejimda, 17 soatgacha video ko‘rish va 180 soatdan ortiq — musiqa tnglash mumkin. Umuman olganda, doʻstlaringizga qoʻngʻiroq qilish uchun ham, serialni qayta koʻrish va hatto Google Music’da Elvis Presli diskografiyasini tinglash uchun ham yetadi.

 

Tezkor zaryadlash

Agar smartfoningiz batareyasi zaryadi tugagan bo‘lsa, uni atigi 2 soat ichida to‘ldirishingiz mumkin. Redmi 8 10W zaryadlovchi bilan birga keladi, agar bu yetarli bo‘lmasa — 18 vattli zaryadlovchini xarid qilishingiz mumkin. Ikki tomonlama USB Type-C ulagichi bilan simni qaysi tomondan ulash haqida bosh qotirish shart emas.

 

Kengaytirilgan funksiyalar to‘plamli juft kamera

Redmi 8’ning 12 megapiksel o‘lchamli asosiy kamerasi sun’iy intellekt, tungi, portret va peyzash tasviri rejimlari bilan jihozlangan, 8 megapikselli old kamerasi esa yuzdagi chiroyli jihatlarga urg’u berib, nuqsonlarni berkituvchi maxsus “Beautify” funksiyasi bilan jihozlangan. Endi siz ta'tildagi yorqin foto hisobotlaringiz haqida qayg’urmaysiz va tanishuv saytida bo‘ladimi, yoki rasmiy rezyumeda bo‘ladimi eng yaxshi holatda —odamlarga ko‘rsatishingiz mumkin.

 

Tushib ketishdan himoyalangan keng va qulay displey

Ko‘zingizni zo‘riqtirmasdan sayohatlar va ishga ketayotganda kitob o‘qishni, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatishni va messenjerlarda suhbatlashishni xohlaysizmi? Redmi 8 bilan buni amalga oshirish mumkin. Ko‘k nurlanish ta`sirini kamaytirish texnologiyasiga ega 6,22 dyuymli Dot Drop displeyi qulay o‘qishni ta'minlaydi. Va shu bilan birga, — tushib ketishdan ishonchli tarzda himoyalangan telefoningizni tasodifan tushurib yuborish avvalgidek qo‘rqinchli emas.

 

    13

    105




































      15

      2023 © «idea.uz - интернет-магазин»