Rasmiy kafolat

barcha mahsulotlar uchun

O'zbekiston bo'ylab

yetkazib berish

Eng yaqin do'kondan

olib ketish

Qulay muddatli to'lov

boshlang’ich to'lovsiz

15A03EA

15A03EA
15A03EA
15A03EA
15A03EA
35
231: HP
  • SKU 3070


















219219

220 Noutbuklar

HP Pavilion 14-ce3038ur 15A03EA noutbugi

Ingichka hoshiyali yangi displeyi tufayli ushbu noutbuk 35.6 sm (14") ekranli bizning eng ingichka Pavilion noutbugimizga aylandi. Silliq metall yuzasi ushbu noutbukka ta'sirli va boy ko'rinish beradi. Uning har bir detali — biroz ko'tarilgan klaviaturasidan tortib, noodatiy korpusigacha — qulaylik va jozibadorlik uchun ishlab chiqilgan. Protsessorning yuqori mahsuldorligi tufayli barcha vazifalarni bajarish osonroq va tezroq bo'ladi. Video tomosha qiling, suratlarni tahrirlang, oilangiz va do'stlaringiz bilan muloqot qiling — uning resurslari barchasiga yetadi. Ikkita HP dinamiklari, HP Audio Boost texnologiyasi va B&O mutaxassislari tomonidan sozlangan audiotizim to'yingan va haqiqatga yaqin tovush bilan ta'minlaydi. Sevgan musiqangiz ritmida yashang. O'z samaradorligingizni oshirish uchun uning butun kuchi va yuqori mahsuldorligidan foydalaning. O'ziga rom etuvchi ko'ngil ochar dasturlar va o'yinlardan unutilmas taassurotlar oling, video translyatsiya qiling va yuqori mahsuldorlikda kontent yarating. Istalgan burchak ostida tasvirning ajoyib tiniqligiga baho bering. Keng ko'rish burchagi 178° va tasvirning yuqori o'lchami 1920 x 1080 tufayli ekrandagi tasvir istalgan tomondan tiniq ko'rinishga ega bo'ladi. Noutbukni o'zingiz bilan olib quyosh nurlari ostida isinishdan huzurlaning. Jilolarga qarshi nur qaytarmaydigan qoplama tufayli ekran kuchli yoritilmaydi. Qurilmadan zaryadga qo'yish haqida qayg'urishlarsiz, butun kun davomida foydalaning. Akkumulyator siz hech narsada cheklanmasligingiz uchun, 10 soat 15 daqiqagacha avtonom ishlash imkonini beradi. DDR4 xotira — bu TX (OZU) ning kelajagi. U katta samaradorlik, ishonchlilik va ishlash tezligi bilan ajralib turadi. Kengaytirilgan o'tkazish yo'laklari ko'p vazifalar rejimida samarali ishlash uchun barcha jarayonlar mahsuldorligining ortishi hamda kompyuter o'yinlarini qayta ishlashning yuqori tezligini ta'minlaydi. Sig'imi 256 Gbayt bo'lgan PCIe tezkor qattiq diskli xotira tufayli yuklanish bir necha soniyada amalga oshadi. Tashqi xotirani 5 Gbit/s ma'lumotlar uzatish tezligini qo'llab-quvvatlovchi SuperSpeed USB Type-C portiga ulang. Port uyaning to'g'ri holatda joylashishi haqida qayg'urmaslik uchun moslab tuzilgan. Keng ko'rish burchagi tufayli (88 darajagacha) siz tasvirning sifati haqida qayg'urmasdan butun oilangiz yoki do'stlaringiz bilan videosuhbatlar tuzishingiz mumkin. Qurilmadan hatto yetarli yoritilmagan xonalarda yoki tungi parvozlar vaqtida foydalaning. Klaviaturani yoritish funksiyasi istalgan yoritish darajasida matn terish imkonini beradi. Wi-Fi va Bluetooth ni qo'llab-quvvatlovchi qo'shimcha modullar tufayli doim aloqada qoling. Agar katta miqdordagi filmlar, suratlar va musiqa asarlarini saqlash uchun xotira sig'imini oshirish zarur bo'lsa, siz shunchaki tashqi SD yoki Micro SD xotira kartasini ulashingiz mumkin. Boshqa hech narsa talab etilmaydi!

 

*Mahsulotning to'plami va rangini sotuvchidan aniqlashtirib oling.

    13

    105




































      15

      2023 © «idea.uz - интернет-магазин»