Rasmiy kafolat

barcha mahsulotlar uchun

O'zbekiston bo'ylab

yetkazib berish

Eng yaqin do'kondan

olib ketish

Qulay muddatli to'lov

boshlang’ich to'lovsiz

WW70R62LATXDLD

WW70R62LATXDLD
WW70R62LATXDLD
WW70R62LATXDLD
WW70R62LATXDLD
35
231: Samsung
  • SKU 2744


















Samsung WW70R62LATXDLD kir yuvish mashinasi

AddWash™ eshigi unutib qoldirilgan kiyimni* , konditsioner yoki qo‘shimcha yuvish vositasini yuvish boshlangandan keyin ham barabanaga solish imkonini beradi** . Bundan tashqari, chayilishi yoki quritilishi kerak bo‘lgan qo‘lda yuvilgan kiyimlarni ham osongina qo‘shishingiz mumkin.  Bixby* sun`iy intellekt tizimi (SmartThings** ilovasi platformasida) kir yuvish jarayonini masofadan turib boshqarish imkonini beradi***. Yuvish retsepti kabi oldindan o‘rnatilgan yuvish dasturlari variantlari sizga eng optimal yuvish sikllarini tavsiya qiladi**** , Yuvishni rejalashtiruvchi dastur yuvish jadvalini optimallashtirishga yordam beradi*****, O‘z-o‘zini diagnostika qilish esa masofadan turib nosozliklarni diagnostika qilishni ta`minlaydi. EcoBubble texnologiyasi kiyimlaringiz yangidek ko‘rinishi uchun qayg‘uradi. Yuvish boshlanishidan oldin maxsus generator yuvish vositasini suvda eritib, ko‘pikka aylantirib, havo pufakchalarini hosil qiladi. Mukammal qordek oppoq ko‘pik matoga tezda kirib boradi va u kirlarni nafaqat samarali, balki ehtiyorkorlik bilan ketkazadi. EcoBubble texnologiyasi, shuningdek, kir yuvish kukunining matoga mexanik ta'sirini sezilarli darajada kamaytiradi, bu esa sevimli narsalaringizning dastlabki ko‘rinishini saqlab qolish imkonini beradi.Tezlashtirilgan rejim vaqtni tejash va atigi 49 daqiqada mukammal yuvish natijalariga erishish imkonini beradi. Yuqoridan va pastdan qo‘sh suv tizimi tufayli Tezlashtirilgan rejim EcoBubble** generatori bilan birgalikda har qanday kirni samarali tarzda tozalaydi. Shu bilan birga, chayish vaqti to‘g‘ridan-to‘g‘ri barabanga qo‘shimcha suv yetkazib berish hisobiga ham qisqaradi, siqish samaradorligining oshishi Swirl + *** barabanining maxsus aylanma relyefi va barabanning aylanish tezligining oshishi bilan bog‘liq.

 

*Mahsulotning rangi va to‘plam tarkibini maslahatchidan aniqlashtiring.

    13

    105




































      15

      2023 © «idea.uz - интернет-магазин»